01.07.2025 11:00
145
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga atab karikatura chop etgan nashr javobgarlikka tortildi
26 iyunь kuni Istanbulda faoliyat olib boruvchi LeMan jurnali Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga atalgan karikaturasini chop etdi. Karikatular tarqalganidan soʻng bir guruh musulmonlar oʻz noroziligini bildirib, nashriyot ichkarisiga kirishga harakat qilishdi.
Voqea joyiga politsiya etib kelib, namoyishchilarni tinchlantirishga uringan. Baъzi namoyishchilar hibsga olingan.
"Adolat va taraqqiyot" partiyasi guruh raisi oʻrinbosari Abdulhamid Gul LeMan'ning bu harakati nafaqat muqaddas qadriyatlarni haqorat qilish, balki ochiq-oydin provokatsiya ekanini aytib oʻtgan..
"Olamlarga rahmat qilib yuborilgan Paygʻambarimizga nisbatan zarracha hurmatsizlikka hech qachon toqat qilmasligimizni maъlum qilmoqchiman", degan u.
Ayni damda, LeMan jurnalida chop etilgan karikatura yuzasidan "diyniy qadriyatlarni oshkora tahqirlash" moddasi boʻyicha tergov ishlari boshlangani aytilmoqda.
Ish doirasida 4 nafar shaxs:
— Karikatura muallifi
— Bosh muharrirlar
— Muharririyat rahbarini qoʻlga olish haqida qaror chiqarilgan.
Bundan tashqari, jurnalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga foydalanishni cheklash (bloklash) rejalashtirilmoqda.