28.10.2024 08:25
918
Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov Afgʻoniston poytaxtiga tashrif buyurdi.
Diplomat 62 yoshda boʻlib, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakulʻtetini tamomlagan, 2020-2024 yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.
Oybek Usmonov 1998 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.
Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012 yillarda esa Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Pashtu-dari va ingliz tillarini mukammal biladi.
Oybek Usmonov 2012-2024 yillarda Kobulda elchi boʻlib ishlagan Yodgorxoʻja Shodmanov oʻrniga tayinlandi.