20.11.2024 16:14

Oʻzbekistonliklar uchun Qozogʻiston va Tojikistonga ID karta orqali oʻtish imkoni yaratilmoqda

Oʻzbekiston fuqarolarining Qozogʻiston va Tojikiston chegaralarini ID karta orqali kesib oʻtishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Avvalroq shunday tartib Qirgʻiziston bilan joriy etilgandi.
Oʻzbekiston fuqarolarining Qozogʻiston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib oʻtishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida maʻʻlum qildi.

«Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʻʻminlash tashqi siyosatda ustuvor yoʻnalish boʻlib qoladi. Kelgusi yili yurtimizda boʻlib oʻtadigan „Markaziy Osiyo beshligi“ uchrashuvi shu yoʻldagi yana bir ulkan amaliy qadam boʻladi», — deya qayd etdi prezident.

Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda boshqa etakchi hamkor davlatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari bilan samarali va tizimli aloqalarni yanada rivojlantirish doimo eʻʻtibor markazida boʻlishi taʻʻkidlandi.

Shavkat Mirziyoev Oʻzbekistonni har tomonlama rivojlantirish uchun samarali tashqi siyosat olib borish, doʻst va hamkorlar doirasini kengaytirish, yaqin qoʻshnilar bilan mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish oʻta muhim vazifa ekanini qayd etdi. Shu maqsadda prezident Tashqi siyosat kontseptsiyasini yangi tahrirda qabul qilish zarurligini taʻʻkidladi.

Bunday tartib 2023 yil 1 sentyabrdan Qirgʻiziston bilan birgalikda joriy etilgandi.