11.10.2025 16:23
157
Oʻzbekistonda soʻnggi 5 yilda narkojinoyatlar soni 103 foizga ortgan
Oʻzbekistonda soʻnggi 5 yilda narkojinoyatlar soni 103 foizga koʻpaygan boʻlsa, sintetik giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi 80 barobarga ortgan. Bu haqda "Daryo" internet nashri prezident administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi etakchi ilmiy xodimi Mirzo Ulugʻbek Shamsiddinovga tayanib maъlum qildi
Qayd etilishicha, xalqaro miqyosda ham vaziyat achinarli ahvolda. BMT Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining 2024 yilgi dunyodagi narkovaziyat toʻgʻrisidagi hisobotiga koʻra, 350 mln nafarga yaqin shaxs giyohvandlikdan aziyat chekmoqda. Eng achinarlisi, har yili 500 ming nafardan ortiq shaxs giyohvandlik vositalarining suiisteъmoli natijasida qurbon boʻlayotgan boʻlsa, 28 mln nafari ogʻir xastalikka chalinmoqda.
Shuningdek, Jahon bojxona tashkilotining hisobotida oʻtgan 2024-yil davomida 1347 tonna giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan olinganligi maъlum qilingan.