26.03.2025 15:24
Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30 mart kuni nishonlanadi
Oʻzbekistonda 2025 yilgi Ramazon hayiti 30 mart – yakshanba kuni keng nishonlanadi. Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maъlumot uchun qabul qilindi va mamlakatda 30 mart Ramazon hayiti sifatida bayram qilinadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208 moddasiga asosan:
➖Ramazon hayitining birinchi kuni ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanib, 2025 yilda u yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelgani bois, ushbu dam olish kuni 31 mart – dushanba kuniga koʻchiriladi.
➖Biroq, uzluksiz ishlab chiqarish jarayonlari, aholiga xizmat koʻrsatish hamda navbatchilik asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlarda dam olish kunlari oʻzgarishsiz qoladi.