26.06.2025 09:44
153
Oʻzbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif qilinmoqda
Oʻzbekistonda mavjud pensiya tizimi oʻrta muddatli davrda barqarorlikni hamda pensiya oluvchilarga munosib nafaqa toʻlovlarini taъminlash maqsadida isloh qilinishi lozim. Bu haqda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) missiyasining mamlakatga tashrifi yakunlari boʻyicha xulosasida aytiladi.
XVJga koʻra, bunga:
- pensiya yoshining past koʻrsatkichlarini bosqichli ravishda oshirish;
- ayrim tashkilot kategoriyalari uchun belgilangan imtiyozli badal stavkalarini bosqichma-bosqich bekor qilish bilan bir vaqtda standart badal stavkasini oshirish;
- pensiya nafaqasi miqdorini mehnat faoliyati davomidagi oʻrtacha daromad asosida hisoblash;
- avtomatik narx indeksi asosidagi pensiya indeksatsiya mexanizmini joriy qilish orqali erishish mumkin.
Jamgʻarmaning taъkidlashicha, keksalikda kambagʻallikni kamaytirish maqsadida beriladigan har qanday ijtimoiy nafaqalar qatъiy manzilli boʻlishi lozim. Bular ehtiyojmandlikni baholash asosida aniqlanib, davlat byudjetidan moliyalashtirilishi va takrorlanishlarning oldini olish uchun boshqa ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari bilan uzviy bogʻliq holda boshqarilishi kerak.