Oʻzbekistonda mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat berildi
Oʻzbekiston Markaziy Banki “Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqladi. Endilikda Oʻzbekistondagi mikromoliya tashkilotlari izom talablari asosida mijozlarga islomiy moliyalashtirishga oid islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatishlari mumkin boʻladi.
Oʻzbekiston
Markaziy Banki “Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish tartibi
toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqladi. Sobiq deputat Rasul Kusherbaev oʻzining Telegram-kanalida
mazkur Nizom nusxasini eʻʻlon qildi.
Endilikda
Oʻzbekistondagi mikromoliya tashkilotlari izom talablari asosida mijozlarga
islomiy moliyalashtirishga oid islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatishlari mumkin
boʻladi.
Jumladan,
oʻzbek mikromoliya tashkilotlari islomiy ijara, foydani taqsimlashga asoslangan
moliyalashtirish (muzoraba), nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha),
sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish
(mushoraka), oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish (salam) xizmatlarini
koʻrsatishi mumkin.