Oʻzbekistonda oʻzini hayvonlarga oʻxshatib, ularning xatti-harakatlariga taqlid qiluvchi kvadroberlarga qarshi kurash boshlandi. IIV bunday qiliqlarni qilgan bolalarning ota-onalari javobgarlikka tortilishidan ogohlantirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu submadaniyat ishqibozlari Oʻzbekistonda ham paydo boʻlgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi mamlakatda oʻzini oʻzini biror bir hayvonga qiyoslab, uning xatti-harakatlariga taqlid qiluvchi kvadroberlar paydo boʻlgani haqida maʻʻlum qilib, bunday bolalarning ota-onalari farzand tarbiyalash boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlikda ayblanib, javobgarlikka tortilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar oʻrtasida oʻzini maʻʻlum bir hayvon qiyofasida aks ettiruvchi aksessuarlardan foydalangan holda oʻsha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilish koʻrinishidagi kvadroberlik submadaniyati namoyon boʻlmoqda.

Bunday harakatlar Qozogʻiston, Rossiya va Ukraina yoshlari orasida kuzatilishi bilan birga Toshkent shahrida ham uchramoqda.

Xususan, 10 oktyabrʻ kuni ijtimoiy tarmoqlarda hayvonlar qiyofasidagi niqoblarni taqib olgan kvadrober tasvirlari paydo boʻldi, 11 oktyabrda esa yana bir kvadrober yoʻlovchilarga itga taqlid qilib “hujum” qilgan. Voqeaga guvoh boʻlgan bola qattiq qoʻrqib ketgani haqida xabar berilgan.

IIV mazkur holatlar jamiyatda yurish turish qoidalariga zid boʻlishi va bu kabi xulq-atvorni mutlaqo qabul qilib boʻlmasligini taʻʻkidladi.

Ekspertlar fikricha, kvadroberlik bola oʻziga hayvonlarning agressiv harakatlarini qabul qilishiga, oʻzini va atrofdagilarni jarohatlashiga, bolaning hali toʻla shakllanmagan psixikasiga zarar etishiga hamda uning jamiyatdan ajratilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 77-moddasiga binoan, ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga etguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʻʻlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar, deya eslatmoqda vazirlik.

Shuningdek, «Taʻʻlim toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq, voyaga etmagan taʻʻlim oluvchilarning ota-onasi bolaning oʻqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʻʻnaviy va intellektual rivojlanishi uchun masʻʻuldir. Voyaga etmagan taʻʻlim oluvchilarning ota-onasi oʻz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʻʻnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi shart, deyiladi xabarda.

Vazirlikning qayd etishicha, Maʻʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʻʻlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga etmagan bolalarning maʻʻmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi BHMning 5 barobarigacha (1 million 875 ming soʻmgacha) jarimaga tortishga sabab boʻladi.

Shu munosabat bilan, Ichki ishlar vazirligi ota-onalarni «oʻz farzandlarini har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash boʻyicha oʻzlarining maʻʻnaviy burchlari va qonuniy majburiyatlarini» bajarishga chaqirdi.

Bola huquqlari kafolatlarini taʻʻminlashga masʻʻul organlardan biri sifatida vazirlik shunday submadaniyat namoyon boʻlishi holatlari ota-onalar tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarmaslik sifatida malakalanishini maʻʻlum qildi.

Bundan tashqari, idora kvadroberlik bolaning ruhiy va emotsional sogʻligʻiga qanday taʻʻsir etganini aniqlash maqsadida zarur hollarda bolalarni maxsus psixologik koʻrikdan (konfidentsial tarzda, bolani yakkalash va diskriminatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaydigan doʻstona usullar orqali) oʻtkazish ham talab etilishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.

Mavzuga aloqador