24.01.2025 17:31
523

Oʻzbekistonda elektron sigaretlarni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi nikotinni isteʻʻmol qilish moslamalari, jumladan, elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasini taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston hududida elektron sigaretalar va nikotin moslamalarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, olib kirish yoki olib chiqish qatʻʻiyan taqiqlanadi. Shuningdek, mazkur mahsulotlarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilandi.

Qonun loyihasi tayyorgarlik jarayonida deputatlar tomonidan koʻrib chiqilib, ularning takliflari asosida takomillashtirildi.

Qonunning qabul qilinishi aholining sogʻligʻini muhofaza qilish, millat genofondini saqlash hamda atrof-muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan himoya qilishga xizmat qilishi taʻʻkidlandi.

Bu qaror Oʻzbekistonning jamoat sogʻligʻini muhofaza qilish va zararli mahsulotlar tarqalishini cheklash borasidagi saʻʻy-harakatlarining yana bir muhim qadami sifatida baholanmoqda.