Oʻzbekistonda elektron ovoz berish sinovdan oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda ilk bor elektron ovoz berish sinovdan oʻtkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi 2024 yil 27 oktyabrda oʻtkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovida Toshkentdagi 10 ta saylov uchastkasida elektron ovoz berishni sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Oʻzbekiston
Markaziy saylov komissiyasi 2024 yil 27 oktyabrda oʻtkaziladigan Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovida Toshkent shahrida
joylashgan ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish jarayonini sinovdan
oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Qayd
etilishicha, saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida mamlakat tarixida ilk
marotaba elektron ovoz berish jarayonini sinovdan oʻtkazish reja qilinmoqda.
Elektron
ovoz berish tartibi ovoz berish va saylov natijalarini tezkor aniqlash, ovoz berish
jarayonlarining qonuniyligini taʻʻminlash, saylov komissiyalarining ish hajmini
maqbullashtirishga xizmat qilishi aytilmoqda.
Qurilma
saylov byulletenlarining elektron koʻrinishlari bilan maxsus dasturlangan,
monitor, qogʻozni chop etuvchi va avtomatik tarzda kesuvchi printer, saylov qutisi
va uni masofadan faollashtirish tugmasidan iborat boʻladi. Undan foydalanish
tartibi uchastka saylov komissiyasining tegishli masʻʻul aʻʻzosi tomonidan
tushuntiriladi.
Tizim
Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining tavsiyasiga asosan poytaxtdagi 16-,
17-, 18-, 19-, 20-, 21-, 22-, 23-, 24- va 25-saylov uchastkalarida joriy
etiladi.