25.02.2025 17:08
527
Oʻzbekistonda begonalar uchun xayriya mablagʻlarini yigʻish taqiqlanmoqda
Oʻzbekistonda homiylik mablagʻlari yigʻishning aniq tartibi belgilanmoqda
Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun loyihasiga koʻra, jismoniy shaxslar faqat oʻzi yoki yaqin qarindoshi uchun xayriya yigʻishi mumkin boʻladi. Koʻngillilar oʻziga begona boʻlgan shaxslar manfaati uchun xayriya yigʻishda faqat eъlon berish orqali koʻmaklashishi mumkin.
Qonunchilik palatasi yigʻilishida homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. Loyiha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Maъlum qilinishicha, qonun loyihasida naqd, naqdsiz va mol-mulk shaklida homiylik mablagʻlari yigʻishning aniq tartibi belgilanmoqda.

