Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida 19 ta hujjat imzolandi
Anqarada Oʻzbekiston va Turkiya prezidentlari rahbarligida oʻtkazilgan ikki mamlakat oʻrtasida 19 ta hujjat imzolandi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoev va Rejep Tayyip Erdogʻan Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.
Strategik
hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi yakunida Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip
Erdogʻan Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma
deklaratsiyani imzoladilar.
Bundan
tashqari, ikki mamlakat rahbarlari huzurida koʻp qirrali sheriklikning koʻplab
sohalarini qamrab olgan 19 ta hujjat imzolandi. Jumladan:
- Ilmiy almashinuv va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik
toʻgʻrisida bitim;
- Hududiy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash
toʻgʻrisida bitim;
- Standartlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Oʻzbekistonning JSTga aʻʻzo boʻlishida texnik koʻmak koʻrsatish
boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida
hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Qishloq xoʻjaligi taʻʻlimi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida
bayonnoma;
- Energetik rivojlanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida
bayonnoma;
- Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Axborot sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Kadastr masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Oila instituti va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash
sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik
toʻgʻrisida bayonnoma;
- Huquqiy sohada malaka oshirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida
bayonnoma.
Shuningdek, imtiyozli savdo, energetika bozorini tartibga
solishga oid ikki tomonlama hujjatlar hamda Qishloq xoʻjaligi sohasidagi
hamkorlikni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.