04.12.2024 16:37

Oʻzbekiston va MAGATE oʻrtasida tinch atom sohasini rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi


Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafaelʻ Grossini qabul qildi. Uchrashuvda tinch atom sohasini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qoʻshma «yoʻl xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 dekabrʻ kuni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafaelʻ Grossini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, unda ikki tomonlama hamkorlikni tubdan kengaytirish va amaliy sheriklikning yangi yoʻnalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston 1994 yildan buyon MAGATE aʻʻzosi hisoblanadi. «Bu davr mobaynida ushbu nufuzli tashkilotning texnik koʻmagini jalb etgan holda 40 dan ortiq qoʻshma loyiha amalga oshirildi. Hozirda milliy tuzilmalarning huquqiy bazasi va salohiyatini takomillashtirish, yadro fani, tibbiyotini rivojlantirish boʻyicha va boshqa yoʻnalishlarda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari MAGATE delegatsiyasi bugun Oʻzbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida oʻtkazgan uchrashuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi. 5 dekabrʻ kuni Samarqand shahrida sohadagi etakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida boʻlib oʻtadigan Atom energiyasidan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro konferentsiya birgalikda tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Milliy agentliklarning kompetentsiyalari va salohiyatini oshirish, MAGATE dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xoʻjaligi, suvdan foydalanish, sogʻliqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tinch atom sohasini rivojlantirish boʻyicha koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qoʻshma «yoʻl xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mavzuga aloqador