24.03.2025 13:29
332

Oʻzbekiston Rossiya orqali Frantsiyaga uran etkazib beradi

Oʻzbekiston bir yil davomida Frantsiyaga uran etkazib berish uchun Qozogʻiston kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. 


Qozogʻiston kompaniyasi 500 konteyner uran kontsentratini Sankt-Peterburg orqali Frantsiyaga etkazib beradi. Oʻzbekistonning “Navoiyuran” davlat korxonasi bu uchun Qozogʻistonning TOO Logistic Centre kompaniyasiga 9 million evro toʻlaydi. 


Tarif boʻsh konteynerlarni Frantsiyaning Marselь shahriga qaytarish narxini oʻz ichiga oladi. Tashish Sankt-Peterburg portidan yuk joʻnatilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida amalga oshirilishi lozim. Uran 2026 yilning birinchi choragi oxirigacha tashiladi. 


Eslatib oʻtamiz, 11-13 mart kunlari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Frantsiyaga davlat tashrifi boʻlib oʻtgandi. Tashrif doirasida Oʻzbekiston bilan Frantsiya oʻrtasida Strategik hamkorlik oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya, shuningdek, moliya-iqtisodiyot, investitsiya, taъlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarga doir qator hujjatlar imzolangan.

Mavzuga aloqador