22.01.2025 15:23
Oʻzbekiston prezidenti Rossiya mudofaa vazirini qabul qildi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi. Ikki davlat oʻrtasida harbiy sohada 2026-2030 yillarga moʻljallangan strategik sheriklik dasturi imzolandi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 22 yanvarʻ kuni mamlakatda tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Ikki mamlakat Mudofaa vazirligi hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Avvalroq Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari oʻrtasida 2025 yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi va ikki davlat oʻrtasida harbiy sohada 2026-2030 yillarga moʻljallangan strategik sheriklik dasturi imzolangandi.