25.10.2024 14:33
1000

Oʻzbekiston kompaniyasi Afgʻonistonda gaz qidirish va qazib olish bilan shugʻullanadi

Oʻzbekistonning Eriell kompaniyasi Afgʻoniston shimolidagi Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi Tuti-Maydon uchastkasida tabiiy gazni qidirish va qazib olish. 10 yillik shartnoma taxminan 1 milliard dollarlik sarmoyani oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekistonning Eriell kompaniyasi Afgʻonistonda gaz qazib olish boʻyicha shartnoma imzoladi. Bu haqda 25 oktyabrʻ kuni «Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi» doirasida Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev maʻʻlum qildi, deb xabar berdi Gazeta.uz.

10 oktyabrʻ kuni Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida Afgʻoniston shimolidagi Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi Tuti-Maydon uchastkasida tabiiy gazni qidirish va qazib olish boʻyicha shartnoma imzolagan edi.

10 yillik shartnoma taxminan 1 milliard dollarlik sarmoyani oʻz ichiga oladi: birinchi yilda 100 million dollar va keyingi toʻqqiz yilda 900 million dollar.

Hujjat Afgʻoniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Abdul Gʻani Barodar Oxund va Oʻzbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatulla Irgashev ishtirokida imzolandi.

Kon va neftʻ vaziri vazifasini bajaruvchi Hidoyatulloh Badri ishlab chiqarilgan gaz dastlabki ikki yilda 100 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ishlatilishini qayd etdi.

Ismatulla Irgashevning aytishicha, Tuti-Maydan konining gaz zaxiralari 3 trillion kub metrga baholangan, u 7 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi.

«Muhandis va mutaxassislar 8 ta eski quduqni qayta tiklash ishlarini oʻrganmoqda. Gazni oʻzlashtirish boshlanganidan soʻng dastlabki ikki yilda bir necha milliard kub metr gaz qazib olish rejalashtirilgan. Shartlarga koʻra, Oʻzbekiston 25 yil davomida bu sohaga har yili 100 million dollar sarmoya kiritadi va 10 yildan soʻng konni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan sarmoyani 1 milliard dollargacha oshiradi», — dedi u.

Maxsus vakilning qoʻshimcha qilishicha, Afgʻonistonda ishlab chiqarilgan gaz gaz quvurlari orqali Oʻzbekistonga etkaziladi, qayta ishlanadi va Afgʻoniston bozoriga qayta beriladi.

Irgashevga koʻra, Oʻzbekiston prezidentining maqsadi nafaqat oʻz mamlakatining, balki Markaziy Osiyo davlatlarining ham iqtisodiy rivojlanishi, tinchligini taʻʻminlash va shu nuqtai nazardan Afgʻonsitonga alohida ahamiyat qaratib, afgʻon muammosini iloji boricha tezroq hal qilish hamda Afgʻonistonni butun dunyo hamjamiyatga munosib boʻlgan xalqaro bir hamkorga aylantirishdan iborat.

Eriell — 2004 yilda tashkil etilgan neftʻ konlari xizmatlari kompaniyalar guruhi. Neftʻ va gaz kompaniyalari uchun quduqlarni qurish va qayta ishlash xizmatlarini koʻrsatadi. «Oʻzbekneftgaz» aktsiyadorlik jamiyati buyurtmasiga koʻra, «Alan», «Oʻrtabuloq», «Janubiy Tandircha», «Quyi Surgʻil», «Shimoliy Berdaq» va «Mustaqillikka 25 yil» (M-25) konlarida burgʻulash ishlari olib borilmoqda, (bu erda buyurtmachi Surhan Gas Chemical Operating Company hisoblanadi). 2023 yil iyulʻ oyida kompaniya Rossiyadagi shoʻba korxonalarini sotdi.