21.06.2025 07:30
89

Oʻzbekiston hududlarini chigirtka bosdimi?



Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining maъlum qilishicha, Qoraqalpogʻiston va yana beshta viloyatda chigirtkalarning asosiy toʻdalari aniqlangan.

Qayd etilishicha, 875 ming 87  gektarda monitoring olib borilgan. 515 ming 830  gektarda chigirtka tarqalgani aniqlangan. 507 ming 181 gektarda kimyoviy kurash tadbirlari oʻtkazilgan.

Maъlum qilinishicha, asosiy tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida davom ettirilmoqda. Yuqorida qayd etilgan hududlarda saksovul bukri chigirtkasiga qarshi kimyoviy ishlovlar olib borilmoqda.

Agentlikka koʻra, 2025 yilda Oʻzbekistonda chigirtkalar 608 ming gektardan ortiq maydonga tarqalishi prognoz qilinmoqda, shundan 99 mingi Surxondaryo viloyatiga toʻgʻri keladi.

Mavzuga aloqador