26.03.2025 13:51

Oʻzbekiston dunyo brend reytingida 55 oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston xalqaro “Brand Finance” kompaniyasining yillik davlat brend reytingida 55 oʻrinni egalladi. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan ikki pogʻona yuqoridir. 


Dunyoning eng qimmat davlat brendlari qatorida AQSh, Xitoy, va Germaniya etakchilik qilmoqda. Reyting tuzishda mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti, investitsiyaviy jozibadorligi, turizm, siyosiy va savdo barqarorligi hamda ijtimoiy koʻrsatkichlar hisobga olingan.


Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozogʻiston 43 oʻringa, Ozarbayjon 82 oʻringa, Qirgʻiziston esa 127 oʻringa koʻtarildi. Turkmaniston esa 76 oʻrindan 80 oʻringa pasaydi.


Avvalroq Oʻzbekiston dunyoning eng baxtli davlatlari reytingida 53 oʻrinni egallagani eъlon qilingan edi.

Mavzuga aloqador