21.02.2025 12:00

Orol dengizining Qozogʻiston qismida suv sathi 42 foizga oshdi

Qozogʻiston Shimoliy Orolni Katta Orol dengizidan ajratib turuvchi Kokaral toʻgʻonini rekonstruktsiya qilishni yakunlashni rejalashtirmoqda. Mazkur birinchi bosqich amalga oshirilishi natijasida dengizdagi suv sathi 42 foizga oshdi. Shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikda 39 ta loyihani oʻz ichiga olgan Shimoliy Orol dengizini asrash loyihasining ikkinchi bosqichi ishlab chiqildi.

Qozogʻiston Kokaral toʻgʻonini saqlab qolish va Sirdaryo delьtasini tiklash loyihasini yakunlamoqda. Bu haqda Qozogʻiston Suv xoʻjaligi vazirligi rasmiy vakili Moldir Abdualieva maъlum qildi, deb yozmoqda «Kazinform».

Kokaral toʻgʻonini saqlab qolish va Sirdaryo delьtasini tiklash loyihasi yakuniy bosqichda. Yil oxirigacha vazirlik Shimoliy Orolni Katta Orol dengizidan ajratib turuvchi Koʻkaral toʻgʻonini rekonstruktsiya qilishni yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu Shimoliy Orol dengizini asrab-avaylash, suvining shoʻrlanishini kamaytirish va mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi, dedi u brifingda.

Shuningdek, u vazirlik Jahon banki bilan hamkorlikda 39 ta loyihani oʻz ichiga olgan Shimoliy Orol dengizini asrash loyihasining ikkinchi bosqichini ishlab chiqqanini maъlum qildi.

Ushbu loyiha qanday foyda keltiradi? Uning hayotga tatbiq etilishi 2 ming kishining doimiy bandligini taъminlash, Qiziloʻrda viloyatida qishloq va baliqchilikni rivojlantirish, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish, viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy ahvolini yaxshilashga xizmat qiladi, deya qoʻshimcha qildi Moldir Abdualieva.

Bundan tashqari, uning maъlum qilishicha, mart oyi oxirigacha Shimoliy Orol dengiziga 1,6 milliard kub metr suv quyiladi.

Qayd etish joizki, Shimoliy Orol dengizini asrash loyihasining birinchi bosqichi amalga oshirilishi natijasida dengizdagi suv sathi 42 foizga oshdi.