11.10.2025 12:06
123

Ona tilida yozilmagan koʻcha nomlari va bannerlar olib tashlanmoqda, Qirgʻizistonda



Bishkekda davlat tilida yozilmagan koʻcha nomlari va reklama yozuvlari olib tashlanmoqda, deya xabar berdi “24.kg” nashri.

Maъlumotlarga koʻra, reklamalar va koʻcha nomlari mamlakatdagi tasdiqlangan loyiha boʻyicha oq rangda, koʻk rangli yozuv va belgilar bilan tayyorlanishi kerak.

Shahar hokimligi bayonotida aytilishicha, soʻnggi paytlarda jismoniy shaxslar va uy-joy mulkdorlari tomonidan oʻzboshimchalik bilan belgilarni oʻrnatish, davlat tili qoidalarini buzish, tasdiqlangan loyiha kodeksiga rioya qilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Bu borada tuman hokimliklari, mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan oʻrganishlar, reydlar oʻtkazilyapti.

Hukumat aholini qonuniy talablarga rioya qilishga chaqirib, “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, koʻcha nomlari faqat qirgʻiz tilida yozilishi kerakligini eslatgan.

Mavzuga aloqador