29 avgust kuni Olmaota ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi Gulmira Satibaldini 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboev jiyanining sobiq rafiqasi hisoblanadi.

Sud Satibaldini qarindoshi va sobiq biznes sherigi Abay Junusovni 2019 yilda 165 kun davomida oʻz irodasiga zid ravishda majburan izolyatsiya qilganlikda aybdor deb topdi. Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, shu yoʻl bilan birinchi prezidentning sobiq kelini tadbirkorni bir nechta kompaniyalardagi ulushlaridan voz kechishga majburlamoqchi boʻlgan.

Mahkumaning sobiq haydovchisi Madi Botirshaev ham jazo oldi – u shaxsni majburan ushlab turishga yordam berganlikda aybdor deb topildi va toʻqqiz yilga qamaldi.

Bu Satibaldiga nisbatan chiqarilgan birinchi hukm emas. U allaqachon bir vaqtning oʻzida ikkita qamoq jazosini oʻtamoqda – sakkiz yilni bir nechta korxonalarning ulushlari va mulklarini oʻgʻirlash hamda oʻzlashtirgani, etti yilni odam oʻgʻirlash va jinoyatga yordam bergani uchun.

Mavzuga aloqador