25.02.2025 14:26
460
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Musulmon donishmandlar kengashi yigʻilishida qatnashdi
Bahrayn qirolligining Manama shahrida Musulmon donishmandlar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yigʻilishda muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar ishtirok etdi.
Yigʻilishda, xususan, musulmon ummati ittifoqligini taъminlash borasidagi muloqot va hamkorlik bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi. Jumladan, musulmonlar oʻrtasida adovat va tortishuvni isloh qilish uchun dindor, ilmli, ziyoli qatlam bilan ommaviy axborot vositalari oʻrtasida hamkorlik qilish muhim ekaniga urgʻu berildi.
Kengash aъzolari tomonidan Qurъoni karimdagi “Albatta, sizning bu ummatingiz yagona ummatdir. Men esa, Robbingizman. Bas, Mengagina taqvo qiling” (Moʻminun, 52) va «Albatta, moʻminlar birodardirlar...» (Hujurot, 10) oyati karimalari mazmun-mohiyatini butun ummatga etkazishga alohida eъtibor qaratildi. Moʻъtabar ulamolar, mazhab imomlari boshlagan yoʻlni davom ettirish, ayollarning oila va jamiyatdagi rolini oshirish orqali ahil-inoqlikni mustahkamlash, ularning farzandlar tarbiyasidagi oʻrnini kuchaytirish, yoshlarga zamonaviy bilimlar berish, yosh avlod tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar ham kun tartibida boʻldi.
Musulmonlar idorasi hadisi shariflarga tayangan holda birdamlikda baraka borligi, ummat birlashgan paytlarda har sohada taraqqiyot boʻlgani, islom olimlari dunyoga ustozlik qilgani, qachonki, ummat ixtilof, tafriqa va keraksiz nizolarga berilganida musibatlar yogʻilgani muqoyasa qilinganini qayb etdi. Zero, Islom dini butun insoniyatni ezgulik va tinchlikka, hayotda asl insoniy fazilatlarni qaror toptirishga daъvat etadi.

