10.01.2025 17:17
820
Moskva viloyatida ikkita halol kafe yoqib yuborildi
Moskva viloyatining Ramenskoe hududida jinoyatchilar ikki halol kafeni yoqib yubordi. Hodisa juma kuni kechqurun sodir boʻlgan. Hujumchilar oʻz qilmishlarini videoga yozib, Internetga tarqatgan. Bu haqda MK xabar berdi.
Yongʻin natijasida “Halol” va “Samarqand” nomli kafelar deyarli butunlay vayron boʻldi. Maʻʻlumotlarga koʻra, hujumchilar voyaga etmaganlar boʻlishi mumkin. Ular niqob taqib, kafelarning oynalarini sindirib, ichkariga “Molotov kokteyli” uloqtirgan va yongʻin chiqargan. Jinoyatchilar sodir boʻlgan voqeadan soʻng qochib ketishgan.
Yongʻinda zarar koʻrgan kafelar Kuntsevo qishlogʻi kirish qismida joylashgan boʻlib, tashrif buyuruvchilar eʻʻtiboriga tushgan edi. Mehmonlar bu erdagi xizmat koʻrsatish sifatini va mazali taomlarni yuqori baholagan.
Ichki ishlar vazirligi hozircha rasmiy izoh bermagan. Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.