14.05.2025 07:16
43

Misrda xorijliklar, jumladan, oʻqish maqsadida kelganlarni tekshirish kuchaytirildi


Misrda xorijliklar, jumoadan oʻqish maqsadida kelganlarni tekshirish kuchaytirildi. Jumladan, migratsiya qoidalarini buzganlikda gumonlanib, besh nafar Oʻzbekiston fuqarosi ushlandi (keyinroq ulardan biri qoʻyib yuborilgan). 

Misrda xorijliklar, jumladan, talabalarning mamlakatda qonuniy qolishi boʻyicha tekshiruvlar koʻpaydi. Bu haqda Oʻzbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, elchixona vakillari Qohiraning Nasr shaharchasi hududidagi masъul politsiya boʻlimlariga tashrif buyurib, ular bilan muloqotlar oʻtkazgan.

Elchixona maъlumotlariga koʻra, 13 may holatiga koʻra, boshqa xorijliklar bilan bir qatorda migratsiya qoidalarini buzgan besh nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olingan. Ulardan biri qonuniy boʻlib turganini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan soʻng ozodlikka chiqarilgan. Qolganlariga esa huquqiy baho berilib, mahalliy qonunchilikka muvofiq qaror qabul qilinadi.

Oʻz vaqtida huquqiy yordam koʻrsatilishini taъminlash maqsadida elchixona bunday tekshiruvlar davomida oʻzbekistonliklarning qoʻlga olinishi holatlari haqida zudlik bilan xabar berishni tavsiya qilmoqda (aloqa maъlumotlari: +20233364516, +20233361723 va Telegram: @shtabegypt).

Oʻzbekiston fuqarolari boʻlish qoidalariga qatъiy rioya qilishlari va har doim yonlarida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, yashash guvohnomasi (iqoma) yoki talabalik guvohnomasini olib yurishlari soʻraldi