Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar va Misr muftiysi doktor Nazir Muhammad Ayyod ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, xususan fatvo yoʻnalishida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.

15 oktyabrʻ kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar va Misr muftiysi doktor Nazir Muhammad Ayyod ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, xususan fatvo yoʻnalishida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda, xususan, Misr bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib Misr vaqf ishlari vazirligi va Dorul Ifto bilan doimiy aloqalar oʻrnatilganini qayd etdi. Oʻz navbatida, Oʻzbekiston zaminida oʻtkazilayotganIslomtinchlik va ezgulik dininomli anjumanning ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

Doktor Nazir Muhammad Ayyod oʻzaro aloqalar uzoq oʻtmishga borib taqalishini qayd etib, Oʻzbekiston Misr uchun muhim ahamiyatga ega mamlakat ekanini taʻʻkidladi. Shuningdek, bu yurtda Islom dini rivoji uchun hissa qoʻshgan buyuk allomalar etishib chiqqani, jumladan, ahli sunna val-jamoa taʻʻlimoti asoschilaridan biri Imom Moturidiy, buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabilarning saʻʻy-harakatlari sabab butun Islom olami XIV asrdan buyon Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning hadislaridan bahramand boʻlib kelayotganini alohida qayd etdi. Nazir Muhammad Ayyod Oʻzbekistondagi oʻzgarishlarni doimo kuzatib borayotgani, Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi faoliyati katta ahamiyatga molik ekanini taʻʻkidladi.

Kelgusida oʻzaro aloqalarni rivojlantirish va diniy soha xodimlari oʻrtasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, 15-oktyabrʻ kuni Toshkent shahrida  "Islomtinchlik va ezgulik dini" mavzusida nufuzli xalqaro konferentsiya oʻz ishini boshlagan edi.

Bugun, 16 oktyabrʻ kuni, mazkur nufuzli anjuman Koʻhna Xiva shahrida oʻz ishini davom ettiradi.

 

Mavzuga aloqador