17.04.2025 12:57
95

Markaziy Osiyo uchun ajratilgan EI pullari nimaga sarflanadi?

Samarqandda oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi (EI)” sammitida ishtirok etgan ittifoqning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduard Stiprays oʻzaro hamkorlik uchun 12 milliard evrolik investitsiya ajratilganini maъlum qildi. Mablagʻlar transport, energetika, iqlim, suv taъminoti, raqamlashtirish va muhim xomashyo kabi sohalarda qoʻshma loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. 


Uning taъkidlashicha, EI va Markaziy Osiyo terrorizmga qarshi kurashish, Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha muloqot platformasi hamda demokratik islohotlarni ragʻbatlantirish kabi yoʻnalishlarda hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirilmoqda.


EI Markaziy Osiyo davlatlariga mintaqaviy integratsiya, hamkorlik mexanizmlari, va institutsional rivojlanish boʻyicha oʻz bilim va tajribasini baham koʻrishga tayyorligini bildirgan. 


Mavzuga aloqador