Evropa Ittifoqi Falastin uchun moliyaviy yordam ajratadi
Evropa Ittifoqi Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin maъmuriyatiga moliyaviy yordam ajratish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishdi. Quds axborot agentligi maъlumotiga koʻra, EI keyingi ikki yil davomida 1 milliard evrogacha mablagʻ ajratishni rejalashtirmoqda.
Bu qaror, Falastin maъmuriyati tomonidan shahidlar, mahbuslar va yaradorlar oilalariga toʻlovlarni tartibga soluvchi qonun moddalarining 2025 yil fevral oyida bekor qilinishi ortidan yuzaga kelgan ichki norozilik va xalqaro bahs-munozaralar fonida qabul qilindi, deyiladi manba xabarida.
Bundan tashqari, Falastin maъmuriyati 2025 yil yanvar oyida Jenin qochqinlar lageridagi qarshilik guruhlariga qarshi “Vatan himoyasi” amaliyotidan soʻng, AQShdan 680 million dollar miqdorida xavfsizlik yordami soʻragan va buning evaziga qarshilik harakatini tugatish majburiyatini olgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yil yozida Evrokomissiya ham 2024 yil oktyabrigacha Falastin maъmuriyatiga 400 million evro yordam ajratishni maъlum qilgan edi.