08.01.2025 11:19
934

Makkada kuchli yomgʻir sel va suv toshqinlariga sabab boʻldi




7 yanvarʻ kuni Makka shahrida yogʻgan kuchli yomgʻir va sel suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Saudiya Arabistonining SPA rasmiy axborot agentligi xabar berishicha, yomgʻir shaharning koʻplab tumanlarini qamrab olgan.

Mahalliy va ijtimoiy medialarda tarqalgan surat va videolarda shahardagi koʻchalar, xiyobonlar, va yoʻllar sel suvi bilan toʻlib ketgani aks etdi. Baʻʻzi joylarda avtomobilʻ va mototsikllar suv oqimida sudralib ketgan. Makkadagi ish joylari va doʻkonlar suv bosgani sababli iqtisodiy zarar etkazilgan.

Saudiya Arabistoni Milliy meteorologiya markazi kuchli yomgʻir, shamol, va doʻl yogʻishi ehtimoli haqida oldindan ogohlantirgan edi. Biroq sel suvlarining tezkor oqimi shahar infratuzilmasiga jiddiy taʻʻsir koʻrsatdi.

Hozircha sel natijasida insonlar orasida qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida rasmiy maʻʻlumot berilmadi. Viloyat hokimiyati va favqulodda vaziyatlar xizmati fuqarolarni ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi hamda hozirda sel suvlarini tozalash ishlari olib borilayotganini maʻʻlum qildi.