07.01.2025 12:24
546
Kanada bosh vaziri isteʻʻfoga chiqishini eʻʻlon qildi
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Liberal partiya etakchiligidan isteʻʻfoga chiqishini maʻʻlum qildi. U partiyaga yangi rahbar saylangunga qadar bosh vazir lavozimida qoladi. Bu jarayon bir necha oy davom etishi kutilmoqda, deb xabar beradi Associated Press.
Vaziyatdan xabardor manbalarga koʻra, 27 yanvarda ishini qayta boshlashi kerak boʻlgan parlament faoliyati 24 martgacha toʻxtatilgan. Bu muddat davomida Liberal partiyaning yangi etakchisi saylanadi. Shu bilan birga, muxolifatdagi uchta asosiy partiya parlament tiklanganidan soʻng, ishonchsizlik votumi orqali hukumatni agʻdarish rejasini tayyorlagan edi.
«Faoliyatim davomida erishgan har bir muvaffaqiyatim oilamning qoʻllab-quvvatlovi tufayli boʻldi. Kecha farzandlarim bilan bu qarorimni muhokama qildim, bugun esa uni sizlar bilan boʻlishmoqdaman: Liberal partiya etakchiligidan ketaman va yangi rahbar saylanganidan soʻng bosh vazirlik lavozimini topshiraman», deydi Tryudo oʻz qarori yuzasidan izoh berib.
Tryudo moliya vaziri Xristiya Friland isteʻʻfoga chiqqanidan soʻng etakchilik borasida jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Frilandning isteʻʻfosi AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Trampning Kanada tovarlariga bojlar joriy qilish tahdidiga qanday javob berish masalasida Tryudo bilan kelib chiqqan kelishmovchilik sababli sodir boʻldi.
Shuningdek, Liberal partiyadan bir necha parlament aʻʻzolari ham bosh vazirni isteʻʻfoga chiqishga chaqirdi. Oxirgi soʻrov natijalariga koʻra, Liberal partiya joriy yilda boʻlib oʻtadigan saylovlarda jiddiy magʻlubiyatga uchrash ehtimoli yuqori.
Maʻʻlumot uchun, Jastin Tryudo 2015 yilda hokimiyat tepasiga kelgan edi. U ochiq immigratsiya siyosati, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash va boylarga nisbatan soliqlarni oshirish kabi rejalarini eʻʻlon qilgan. Uning rahbarligi davomida mamlakat bir qator islohotlarni amalga oshirdi, ammo soʻnggi yillarda yuzaga kelgan muammolar hukumat uchun jiddiy sinov boʻldi.