08.05.2025 14:01
35
Janubiy Fargʻona kanali qirgʻogʻi oʻpirildi: 100 ga yaqin xonadonni suv bosdi
Andijon viloyatida Janubiy Fargʻona kanali qirgʻogʻi oʻpirilishi oqibatida 100 ga yaqin xonadonga suv kirdi. Hodisaga qoʻshimcha GES qurish uchun kanalga ortiqcha suv tashlangani sabab boʻldi.
8 may kuni Andijon viloyatida Janubiy Fargʻona kanali qirgʻogʻi oʻpirilishi sabab yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 100 ga yaqin xonadonga suv kirgan, deya xabar qildi Oʻzgidromet.
Hozirgi vaqtda hodisa oqibatlarini bartaraf etish va boshqa oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Hodisa joyiga viloyat hokimi ham etib borgan.
Texnogen hodisaga kanalda qoʻshimcha GES qurish maqsadida ortiqcha suv tashlangani sabab boʻlgani bildirildi.
FVVning aniqlik kiritishicha, 30 xonadonning ichiga, 70 ta xonadonning esa tomorqasiga suv kirgan.
Suv xoʻjaligi vazirligi favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun Andijon suv omboridan suv chiqishi toʻxtatilganini maъlum qildi.
«Kanaldagi oʻtgan suv Quyi Janubiy Fargʻona kanaliga yoʻnaltirilmoqda. Hozirda aholi xonadonlariga suv oqishini kamaytirish choralari koʻrilmoqda», — deyiladi xabarda.
Kanalning dambasini tiklash boʻyicha shtab tashkil etilib, rahbar xodimlardan iborat doimiy navbatchilik yoʻlga qoʻyildi. Favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun 10 ta samosval, 4 ta kara, 2 ta bulьdozer, 8 ta ekskavator va 50 dan ortiq ishchi-xodimlar jalb qilingan