10.01.2025 12:23
564
Isroil askarlari Suriyada frantsuz jurnalistini hibsga oldi
8 yanvar kuni Isroil harbiylari Suriyaning janubiy Golan tepaliklari yaqinidagi bufer zonada frantsuz jurnalisti Silven Merkadier va suriyalik faol Muhammad Fayyodni hibsga oldi.
Merkadierning maʻʻlum qilishicha, uni harbiylar kaltaklab, shafqatsiz soʻroqqa tutgan va jihozlarini musodara qilishga uringan. Qoʻllarini kishanlab, ogʻzini bogʻlab, tahdid qilib haqoratlagan. Keyin ular harbiy bazaga olib ketilgan, bir necha soat soʻroq qilinganidan soʻng qoʻyib yuborilgan, ammo shaxsiy buyumlari, kamera va telefonlari qaytarilmagan.
Isroil armiyasi Jolan tepaliklarida oʻz nazoratini mustahkamlash uchun harbiy infratuzilmani kengaytirish ishlarini olib bormoqda. 1967 yilda ishgʻol qilingan ushbu hududda qurolsizlantirish rejimi mavjud boʻlib, Isroil va Suriya oʻrtasida 1974 yildagi kelishuv asosida bufer zonasi belgilangan.