19.02.2025 11:21
1944

“Haj–2025” ziyorati uchun Oʻzbekistonga 15 mingta kvota ajratildi



Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi Oʻzbekiston uchun haj kvotasi 15 ta etib belgilanganini maъlum qildi. Bir necha yil oldin ham ayni shu vazirlik rahbari Oʻzbekiston prezidenti bilan uchrashuvda mamlakatga ajratilgan kvota miqdori 24 ming ekanini aytgandi.


“Haj–2025” ziyorati uchun Oʻzbekistonga Saudiya Arabistoni tomonidan 15 mingta kvota ajratildi. Bu haqda kecha, 18 fevral kuni Saudiya Arabistonining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Haj va Umra ziyorati vazirligi hamda Axborotlashtirish vazirligi rahbariyati ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maъlum qilindi.

“Joriy yilda Oʻzbekistonga Haj ziyorati uchun ajratilgan kvota miqdori 15 mingtani tashkil qiladi. Ammo Umra uchun kvotalar erkin boʻlib, maъlum shartlar asosida istalgan miqdordagi ziyoratchi Oʻzbekistondan borishi mumkin”, degan Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon Ar-Rabiъa.

Bir necha yil oldin ham ayni shu vazirlik rahbari Oʻzbekiston prezidenti bilan uchrashuvda mamlakatga ajratilgan kvota miqdori 24 ming ekanini aytgandi.

“Biz ushbu miqdorni belgilashdan oldin Oʻzbekiston tomonining mutasaddi tashkilotlari bilan bu borada gaplashamiz. Soʻnggi kelishuvga binoan esa aynan shuncha kvota belgilangan”, degan Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri.

Ammo 36 millionlik aholiga ega Oʻzbekiston uchun bu miqdor kam. Axir 7,5 million aholisi bor qoʻshni Qirgʻizistonga 6060 ta kvota ajratilgan.