12.09.2025 17:22
128
Fargʻonalik 130 yoshli momo Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin
Fargʻonada 130 yoshli Huvaydo momo Umarovaning tugʻilganlik fakti belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berildi.
Maъlum qilinishicha, Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aktsiyasida Buvayda tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan Huvaydo momoning tugʻilishi qayd etilmagani aniqlangan. Adliya boʻlimi fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudiga daъvo arizasi kiritgan.
Oʻtkazilgan sayyor sud majlisida daъvo ariza qanoatlantirilgan hamda sud qarori bilan Huvaydo momoning 1895 yil 1 yanvarda tugʻilganlik fakti belgilangan. Endilikda Huvaydo momo Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa ayol sifatida kiritilishi mumkin.