01.07.2025 06:54
31
Euronews Oʻzbekistonda rasmiy ofisini ochdi
Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri Euronews Toshkent shahrida vakolatxonasini ochdi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu voqea Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ochiqligi, hamkorlikka tayyorligini ifodalaydi.
Maъlumot uchun, Euronews – Evropadagi 24 soatlik yangiliklar kanali boʻlib, oʻn uch tilda jahon voqealari haqida video-yangiliklarni va audio sharhlarni namoyish etadi. 1993 yil 1 yanvarda Frantsiyaning Lion shahrida tashkil etilgan. Dunyoning 150 dan ortiq davlatida faoliyat yuritadi. Bu –Euronews’ning Markaziy Osiyodagi birinchi, Osiyodagi esa uchinchi ofisidir.