18.12.2024 06:20
Dunyo Asad rejimiga tegishli milliardlab aktivlarni qidirmoqda
Bashar Asad rejimi qulashi ortidan xalqaro hamjamiyat uning va uning yaqinlari bilan bogʻliq aktivlarni izlashni boshladi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.
Tahlillarga koʻra, Asad rejimiga tegishli deb taxmin qilingan mulklar orasida Moskvadagi kvartiralar, Venadagi hashamatli butik mehmonxonalar va Dubaydagi qimmatbaho koʻchmas mulk obʻʻektlari bor.
AQSh Davlat departamenti maʻʻlumotlariga koʻra, Asad rejimiga bogʻliq aktivlar qiymati 1 milliard dollardan 12 milliard dollargacha etadi.
Ekspertlarning taʻʻkidlashicha, Asad rejimi hokimiyatni saqlab qolish bilan bir vaqtda "B" rejasi – qonuniy yoki noqonuniy yoʻllar bilan boyliklarni chet elga oʻtkazish uchun tayyorgarlik koʻrgan.
“Inqilobdan oldin ular pullarni yuvish uchun etarlicha vaqtga ega edi. Ular har doim hokimiyatdan chetlatilgan taqdirda qochish uchun yaxshi rejalar tayyorlashgan”, – deydi Oq uyning sobiq maslahatchisi Endryu Tabler.
Suriyalik sobiq razvedka ofitseri Xolid Beyning bayonotiga koʻra, Asad hokimiyatdan agʻdarilgunga qadar Rossiyaga 135 milliard dollardan ortiq mablagʻ oʻtkazgan.
Suriyada Asad saroyi ishgʻol qilinganida garajda koʻplab hashamatli mashinalar va saroy ostidan qochish uchun moʻljallangan tunnellar topilgan.
Xalqaro hamjamiyat Asad rejimiga bogʻliq aktivlarni qidirishda hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda. Bunday aktivlarni qaytarish va ularni insonparvarlik maqsadlarida qoʻllash asosiy maqsadlardan biridir.
Bu jarayon Asad rejimiga qarshi olib borilayotgan iqtisodiy sanktsiyalar doirasida muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.