10.09.2025 14:22
48

Diniy erkinliklarni taъminlashda ijobiy qadam



AQSh sobiq prezidenti Ruzvelьt 1943 yili KPSS rahbari Stalinga murojaat qilib,  Ittifoq diniy erkinliklarga ruxsat bermasa "lend-liz"  qonuni doirasida mamlakatga harbiy koʻmakni Kongress tasdiqlamasligi mumkinligini aytgan. Ruzvelьt davlatchilik diniy erkinliklarsiz mukammal boʻlmasligini taъkidlagan. 

Shundan soʻng kommunistik rejimda rus provaslav cherkovlari,  Oʻrta Osiyo musulmonlari idorasi singari jamoat tashkilotlariga ruxsat tekkan. Demak,  diniy erkinliklar davlatchilikning ajralmas qismi va bu borada diniy tashkilotlar muayyan darajada daxlsiz boʻlishi lozim. 

Bugun Toshkentda oʻtayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” ikkinchi xalqaro forumida Adliya vazirligi NNT boshqarmasi boshligʻi Zikirilla Mahmudov diniy tashkilotlar faoliyatiga xalal bergan har kimsaning jazolanishini,  bu borada Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga javobgarlik kiritilganini taъkidladi. 

"Joriy yilning 21 avgust kuni qabul qilingan Qonunga koʻra Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks yangi moddalar bilan toʻldirilgan.
Unga koʻra endilikda davlat organlarining mansabdor shaxslari diniy tashkilotlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashsa jarimaga tortiladi" dedi Mahmudov.

Muvaffaqqiyatlar kichik qadamlardan boshlanadi.  Diniy erkinliklar uchun kurashdagi fuqarolik jamiyati institutining vakili sifatida Adliya mulozimining xushxabarini olqishlayman.  Toʻgʻrini toʻgʻri deyishimiz kerak,  doʻstlar.

Abdurahmon Tashanov, "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati rahbari

Mavzuga aloqador