31.07.2025 09:42
67
Davletovga oʻrinbosarlar tayinlandi
Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Farmonga binoan Abdusalom Azizov prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-maъrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Bundan avval Abdusalom Azizov davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Farmon bilan Muzaffar Komilov prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Rustam Komilov prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari boʻyicha shoʻba mudiri lavozimidan ozod etildi.