30.07.2025 15:33
80
Chorvoq suv omboriga "Margimush qabristoni"dan zahar tushadimi?
Oldinroq, ijtimoiy tarmoqlarda Boʻstonliq tumani, Yakkatut MFYda joylashgan margimush saqlanayotgan maxsus obъektning Chorvoq suv omboriga xavf tugʻdirishi haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi obъekt doimiy nazoratga olinganligi hamda tarqalgan xabarlar asossiz ekanligini maъlum qildi.
Qayd etilishicha, margimush obъektining atrof-muhit hamda aholiga salbiy taъsiriga chek qoʻyilgan. Hudud atrofi beton toʻsiqli devorlar bilan oʻrab, konservatsiya qilingan hamda hudud boʻylab sim yogʻochlar oʻrnatilgan. Shuningdek, obъektning ustki qismiga toza inert tuproq yotqizilgan va devor qismiga yomgʻir va oqova suvlarini hamda nam massani oʻtkazmaslik maqsadida burgʻulash (teshish) ishlari amalga oshirilgan.