BRIKSga qoʻshilish Turkiyaga qimmatga tushadimi?
2023 yilda Evroparlament Turkiya oʻz yoʻnalishini oʻzgartirmagunicha ittifoqqa aʻʻzo boʻla olmasligi haqida bir qarorga keldi. Mazkur qarordan gʻazablangan Erdoʻgʻon “40 yildan beri EI darvozasi oldida “sargʻaygan” Turkiya ittifoqdan endi hech narsa kutmasligi”ni maʻʻlum qildi. Ayni paytda Anqara BRIKSga nomzod boʻlgan birinchi NATO ittifoqchisiga aylandi va blok oktyabrʻ oyida Rossiyada boʻlib oʻtadigan sammitda ushbu talabni koʻrib chiqadi.
Anchadan beri Rajab Toyyib Erdoʻgʻon boshchiligidagi Turkiya
Evrosiyoda oʻz oʻrnini topishga harakat qilib kelyapti. Gʻarb bilan iqtisodiyot va
xavfsizlik boʻyicha aloqalar qanchalik muhim boʻlmasin, Anqara Sharqda ham eʻʻtibor
markazida boʻlishni istayapti. Ayniqsa turk davlati Yaqin Sharqdagi xunrezliklardan
soʻng mintaqada Rossiya va Xitoy kabi asosiy oʻyinchilar bilan hamkorlikda oʻz
mavqeini mustahkamlashga urinmoqda.
Turkiya Isroil bilan uzoq vaqtdan beri yaxshi biznes
munosabatlariga ega boʻlgan kam sonli musulmon davlatlaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga,
mamlakat Evrosiyodagi oʻrni tufayli populizm, gʻarb liberalizmi, Islom dunyosi va
geosiyosiy murakkabliklar qurshovida qolib ketgan.
Yaqinda Turkiya BRIKSga aʻʻzo boʻlishga tayyorligini bildirdi: bu
bilan turklar ikkinchi marta Xitoy-Rossiya forumlariga qoʻshilish istagini
bildirishdi. Bir necha oy oldin Erdoʻgʻon “Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)da
kuzatuvchi maqomida boʻlgan Turkiya tashkilotga toʻlaqonli aʻʻzo boʻlmoqchiligi”ni
aytib chiqqan edi.
Ayni paytda Anqara BRIKSga nomzod boʻlgan birinchi NATO
ittifoqchisiga aylandi va blok oktyabrʻ oyida Rossiyada boʻlib oʻtadigan sammitda
ushbu talabni koʻrib chiqadi.
Anqaraning Evropa Ittifoqi (EI)ga qoʻshilishi uzoq vaqtdan beri
toʻxtab qolgan. 1987 yilda u oʻsha paytdagi Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga aʻʻzo
boʻlish uchun ariza bergan va 1999 yilda Evropa Ittifoqiga qoʻshilish huquqiga ega
deb topilgan edi. Shundan soʻng biror bir sezilarli natijaga erishilmadi.
2023 yilda Evroparlament Turkiya oʻz yoʻnalishini
oʻzgartirmagunicha ittifoqqa aʻʻzo boʻla olmasligi haqida bir qarorga keldi. Mazkur
qarordan gʻazablangan Erdoʻgʻon “40 yildan beri EI darvozasi oldida “sargʻaygan”
Turkiya ittifoqdan endi hech narsa kutmasligi”ni maʻʻlum qildi.
Boshqa tomondan, Gʻarb va EI ham Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi
urush va Evropaning oshib borayotgan energiya ehtiyojlari sharoitida Anqarani
yoʻqotishni xohlamaydi. 2023 yilda Turkiya EIning 5 yirik savdo sherigidan biriga
aylandi va tashkilotga aʻʻzo davlatlarning umumiy savdo hajmidagi ulushi 4,1
foizga etdi.
Ayni paytda Turkiya gaz va energiyasining asosiy manbai –
sanktsiyalar joriy etilishiga qaramay, Rossiyadan import boʻlib qolmoqda. Shuningdek,
Anqaraning geografik ahamiyatini ham unutmaslik kerak. Mamlakat qitʻʻalar oʻrtasidagi
geografik tutashgan nuqta boʻlib, u erda Sharq va Gʻarb tutashadi. Turkiyaning
Sharqqa, xususan Rossiya va Xitoyga
moyilligi Gʻarbning geosiyosiy muvaffaqiyatsizligi sanaladi.
Shu bilan birga, Turkiya NATOda ham oʻz oʻrniga ega davlat:
uning Rossiya va Xitoy chegarasiga yaqinligi ham oʻziga xos ahamiyat kasb etadi.
Anqara 1952 yilda, blok tashkil etilganidan atigi uch yil oʻtgach, NATOga qoʻshildi.
Biroq soʻnggi paytlarda Anqaraning NATO “dushmanlari”ga yuz burishi, uni harbiy
blokdagi ishonchsiz ittifoqchiga aylantirishi mumkin.
NATO va Gʻarbning Ukrainaga qarshi urushi tufayli Rossiyaga
qarshi jazo choralariga qaramay, Anqara Moskva bilan mudofaa aloqalarini
oʻrnatishda davom etmoqda. Avvalroq Turkiyaning Rossiyadan S-400 mudofaa
tizimlarini sotib olishi AQShning “kayfiyatini buzgani” bunga yaqqol misol boʻla
oladi. Shunga qaramay turklar Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlariga ham koʻz
tikmoqda. Ikki davlat yaqinda 40 ta F-16 samolyotlari uchun kelishuvga erishdi. Shu
paytgacha ushbu kelishuv muddati turli bahonalar bilan ortga surilib kelinardi.
BRIKSga qoʻshilish Anqaraning NATOdagi hozirgi rolini jiddiy
xavf ostiga qoʻyib, uni transatlantik ittifoqqa aʻʻzolikdan mahrum qiladi.
NATOdan chetlashish esa nafaqat Turkiyaning EIga qoʻshilish
imkoniyatlarini cheklaydi, balki uni kurd separatizmi masalasida qiyin ahvolga
solib qoʻyishi mumkin. Shundoq ham separatist guruhlarni qoʻllab-quvvatlayotgan
Gʻarb, ayirmachilardan Turkiyaga qarshi qurol sifatida foydalanishi mumkin.
BRIKSga aʻʻzolik Anqaraga maʻʻlum darajada iqtisodiy foyda
keltirsa-da, unga xavfsizlik kafolatlarini bera olmaydi. Anqara yagona maqsadi
yaqin iqtisodiy aloqalar va dollarsizlanish orqali AQShga qarshi blokni tanlashi
barobarida muhim strategik va geosiyosiy xarajatlarni oʻz zimmasiga olishi kerak
boʻladi.
Bu esa Erdoʻgʻon oʻzini qanchalik qattiqqoʻl siyosatchi sifatida
koʻrsatmasin, baribir mamlakat Gʻarb taʻʻsiri ostida qolyapti. Anqaraning Gʻarbga
qarshi ritorikasi uning sharqiy bloklarga kirishini taʻʻminlashi mumkin, biroq
strategik va harbiy ehtiyojlar masalasi vaziyatni qiyinlashtiradi.
BRIKS, boshqa Xitoy-Rossiya boshchiligidagi forumlar singari, tuzilmaviy va ishonchlilik muammolariga ega boʻlgan, erkin boshqariladigan ittifoq boʻlib qolmoqda. Ehtimol, Anqara ittifoqlarni ham diversifikatsiya qilishga intilayotgandir. Shunga qaramay, Turkiyaning ushbu pozitsiyasi uni Gʻarb tomonidan ishonchsiz sherik sifatida baholanishiga sabab boʻladi.