13.01.2025 14:26
555
Bombalanayotgan Gʻazo: 465-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 465 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Gʻazo shimolida 100 kunlik qamal. Bosqinchilar Shujayya hududi, Bayt Lahiya, Rafah, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga zarba berdi. 24 soat ichida 28 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 46565 kishi shahid boʻldi.
▪️Natsistlar Gʻazo shahrida koʻchirilganlar uchun Saloh ad-Din maktabiga hujum qilishdi. 5 kishi halok boʻldi.
▪️Indoneziya kasalxonasining bemorlari va xodimlari tibbiy eritmalarni ichishga majbur. Bosqinchilar qamal va hujumlar tufayli odamlar muassasani tark eta olmayapti.
▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: Soʻnggi besh kun ichida Isroilning sektorni bombalashi natijasida 70 nafar bola halok boʻldi.
▪️Al-Quds brigadalari: Biz Nitsarim oʻqida bosqinchilarning qoʻmondonlik shtabiga zarba berdik.
▪️Gʻarbiy Sohildagi Jeninda qarshilik jangchilari va Falastin maʻʻmuriyati kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar sodir boʻlmoqda. Salfitda bosqinchilar oʻnlab falastinliklarni hibsga oldi.
▪️Ommaviy ishgʻol: Meksikada Isroil armiyasining ikki zahiradagi askarlari hibsga olindi.
▪️Isroilning toʻrtta jangovar samolyoti Livan janubidagi Humin al-Faqa va Baalbek shahri chekkalariga zarba berdi.
▪️Ommaviy ishgʻol: Isroil qamoqxonalarida qiynoqlar yoki shifokorlarning eʻʻtiborsizligi natijasida 68 nafar falastinlik mahbus halok boʻldi.