10.01.2025 13:42
701

Bombalanayotgan Gʻazo: 462-kunning asosiy voqealari



Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 462 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Dayr al-Baloh, Gʻazo shahri, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga zarba berdi. Joriy yilning dastlabki 10 kunida bosqinchilar 500 dan ortiq falastinlikni oʻldirgan. Urush boshlanganidan beri 46 006 kishi shahid boʻldi.

▪️Natsistlar koʻchirilganlar yashaydigan Jabaliya lageridagi Al-Rafiya maktabiga hujum qilishdi. 4 kishi halok boʻldi, 15 kishi yaralandi.

▪️Al-Quds brigadalari Jabaliya lagerida bosqinchi armiyaning mashinasini portlatib yubordi. Gʻazo shahri sharqida bir askar halok boʻldi.

▪️Gʻazo urushi paytida 1600 falastinlik oila isroillik fashistlar tomonidan butunlay oʻldirilgan.

▪️Gʻarbiy sohildagi Salfitda bosqinchilar 74 nafar falastinlikni hibsga oldi. Tulkarm, Nablus va Jenin shaharlarida shiddatli janglar ketmoqda.

▪️Xusiylar ishgʻol tomon uch uchuvchisiz uchish apparatini uchirdilar. Ulardan birining qoldiqlari bosib olingan hududlarning janubiga tushgan. Urush boshlanganidan beri hutiylar bosib olingan hududlarga 40 ga yaqin «er-er» rusumli raketa va 320 ta uchuvchisiz uchoqlarni uchirdi.

▪️British The Times: Qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Gʻazodagi urushga qarshi namoyishlar tufayli Britaniya universitetlaridagi koʻrgazmalarda ishtirok etishni toʻxtatdi.

▪️Bosqinchilar Livan janubidagi Kafr Kila shahriga yirik hujumlar uyushtirdi.

▪️Tailandda bedarak yoʻqolgan isroillikning jasadi topildi, uning oʻlimi sabablari oʻrganilmoqda;

▪️Rim papasi Fransisk Falastin anklavidagi gumanitar vaziyatni Isroil uchun juda xavfli va sharmandali deb atadi.