25.02.2025 11:23
417

BMT Bosh Assambleyasi Rossiya qoʻshinlarining Ukraina hududini zudlik bilan tark etishi boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi



Rossiya-Ukraina urushi boshlanganining uch yilligi munosabati bilan 24 fevralь kuni BMT Bosh Assambleyasi Kiev va Evropa davlatlari tomonidan tayyorlangan Ukrainadagi urush boʻyicha rezolyutsiya loyihasini koʻpchilik ovoz bilan qabul qildi. Ushbu hujjatga AQSh, Rossiya qatorida Oʻzbekiston ham qarshi ovoz berdi.

Hujjat Rossiya tajovuzini qoralaydi va urushni tezroq tugatishni va Ukrainaga etkazilgan zararni qoplashni talab qiladi.

BMTga aъzo 93 davlat rezolyutsiyani yoqlab, 18 tasi qarshi ovoz berdi, 65 tasi esa betaraf qoldi. 

Qarorlar ijrosi majburiy boʻlmasa-da, ular butun dunyoda fikr barometri sifatida koʻriladi. Bu natija 140 dan ortiq davlat Rossiyaning tajovuzini qoralab, Ukrainaning toʻrt viloyati annektsiyasini bekor qilishni talab qilgan avvalgi yillardagidan pastroqdir.

Ovoz berishdan oldin uning muhokamasi chogʻida soʻzga chiqqan ushbu rezolyutsiya tarafdorlarining aksariyati Evropa Ittifoqi davlatlari vakillari Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli harbiy bostirib kirishi hech qanday sababsiz va tajovuzkor xarakterga ega boʻlganini, natijada odamlarning oʻlimiga, fuqarolik infratuzilmasining vayron boʻlishiga, millionlab odamlarning majburan koʻchirilishiga olib kelganini eslatdi.

Loyiha matniga qoʻshilmagan mamlakatlar vakillari, asosan, urushayotgan har ikki davlat harbiy harakatlarni imkon qadar tezroq toʻxtatib, diplomatik kelishuvga oʻtishlari kerakligi haqida gapirdi.

Rossiyaning BMTdagi vakolatli vakili Vasiliy Nebenzya Ukraina oʻlkada “natsistlar rejimi” oʻrnatish orqali mojaro qoʻzgʻatganini yana bir bor taъkidladi. Shuningdek, Rossiya rezolyutsiya loyihasiga “mojaroning asl sababini” bartaraf etishga qaratilgan tuzatishlar kiritishni taklif qildi, biroq ular ovoz berishda rad etildi.

BMT Bosh Assambleyasi Ukrainadagi urush boʻyicha AQSh tomonidan tayyorlangan rezolyutsiya loyihasini ham maъqulladi. Hujjat Evropa davlatlarining tuzatishlari bilan qabul qilindi, xususan, “mojaro” soʻzi “toʻliq miqyosli bosqinchilik” bilan almashtirildi. Ushbu rezolyutsiya loyihasi neytralroq boʻlib, Rossiyani qoralash pozitsiyasi yoʻq. Hujjatda “Rossiya-Ukraina mojarosi” chogʻida insonlarning halok boʻlgani uchun qaygʻu bildirilgan va “mojaroga tezroq barham berish va Ukraina va Rossiya oʻrtasida mustahkam tinchlik oʻrnatish”ga chaqirilgan. Uning qabul qilinishiga 93 davlat ovoz berdi, 8 davlat qarshi chiqdi, 73 davlat betaraf qoldi.