09.01.2025 20:08
585

BBC bosh muharriri razvedka agentliklari bilan aloqadorlikda ayblanmoqda



BBCning Yaqin Sharq boʻyicha bosh muharriri Raffi Berg haqidagi oxirgi maʻʻlumotlar jahon jurnalistikasida shov-shuvga sabab boʻldi. "MintPress News" nashrining tergov xabariga koʻra, Berg AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) va Isroilning Mossad agentligi bilan aloqadorligi boʻlishi mumkin.

Manbalarning maʻʻlum qilishicha, Berg BBCdagi faoliyatiga qadar CIAning Tashqi axborot xizmati (FBIS)da ishlagan. U 2020 yilda Yahudiy telegrafiga bergan intervyusida razvedka bilan bogʻliq ishlarini maʻʻlum qilgan. Shuningdek, u Efiopiya yahudiylarining Isroilga koʻchirilishi bilan bogʻliq Mossad maxsus operatsiyasi haqida kitob yozishda yuqori martabali rasmiylar bilan yaqin hamkorlik qilgan.

BBC xodimlari anonimlik sharti bilan Isroilni tanqid qiluvchi materiallar nashr qilinishidagi cheklovlar haqida gapirgan. Bergni Isroil harbiylari sodir etgan voqealarda sarlavhalarni qoʻllab-quvvatlovchi uslubda oʻzgartirishda ayblashgan. Xususan, Daun sindromli falastinlik yigitning oʻlimiga oid xabarda BBC dastlabki sarlavhada Isroil armiyasining harakatlarini tilga olmasdan, uni faqat "yolgʻiz oʻlim" sifatida koʻrsatgan.

Tanqidlarga qaramay, BBC rahbariyati Raffi Bergni himoya qilmoqda va u bilan bogʻliq masalalarda ochiq bayonot berishdan bosh tortmoqda. Hozirda Gʻarb OAVlari Isroilni qoʻllab-quvvatlash va voqealarni notoʻgʻri yoritish boʻyicha jiddiy ayblovlarga duch kelmoqda.