26.03.2025 10:41

BAAda aldov qurboni boʻlgan uch nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi

BAAda murakkab ahvolga tushib qolgan uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi diplomatik va xayriya tashkilotlari koʻmagi bilan vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.


Maъlum boʻlishicha, 2024 yil 22 dekabr kuni ular yaqin qarindoshining taklifi bilan BAAga borgan va ijara uyiga joylashgan. Biroq ularni taklif qilgan shaxs 23 fevralь kuni hech qanday tushuntirishlarsiz Qatarga chiqib ketgan va aloqani uzgan. 


Buning oqibatida fuqarolar ijara haqini toʻlay olmay, qiyin ahvolga tushgan. Shu yilning yil mart oyida uy egasi ularni koʻchaga haydagan, natijada ikki ayol va voyaga etmagan bola boshpanasiz va moddiy yordamsiz qolgan.


Oʻzbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi va BAAdagi “Ayollar va bolalarga yordam koʻrsatish markazi” xayriya tashkiloti ularga yordam koʻrsatib, vatanga qaytishiga sharoit yaratishgan. 


Shuningdek, konsulxona va faol vatandoshlar birgalikda ularning BAAda noqonuniy yashagan davri uchun hisoblangan 2 178 AQSh dollari miqdoridagi qarzini toʻlab berishgan, deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador