18.04.2025 13:36
39
Ayni sayyohlik mavsumida Hastimom majmuasi taъmirlanadi
Ayni sayyohlik mavsumi boshlanganda Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy binolar qayta taъmirlanadigan boʻldi. Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi mazkur loyihalarni maъqullagan.
9 aprelda oʻtgan yigʻilishda Abu Bakr Kaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Moʻyi Muborak madrasalari, Namozgoh va Tillashayx masjidlari boʻyicha restavratsiya ishlari muhokama qilingan. Barcha loyihalar kengash aъzolari tomonidan bir ovozdan tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, devor tagi maxsus 250×250×50 oʻlchamdagi xumdonda pishirilgan musulmon gʻishti bilan toʻshaladi. Ijro va nazorat Madaniy meros agentligi hamda tegishli davlat muassasalari zimmasiga yuklatilgan.
Shuningdek, Qiziltepa tarixiy muzeyini taъmirlash va Xoʻjaoboddagi Manak ota ziyoratgohiga yangi inshootlar qurish loyihalari ham maъqullandi.