25.07.2025 10:49
267

Axloqsizligi fosh boʻlib qolgan amaldor ishdan boʻshatildi



Oldinroq, ijtimoiy tarmoqlarda davlat xizmatchisi oʻz xizmat xonasida ayol kishini quchoqlab oʻtirgani aks etgan surat tarqalgandi. Uning bu axloqsizligi selektor yigʻilishida kutilmaganda kameraga tushib qolgan.

Holat yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Unga koʻra, xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

“Vazirlik oʻz tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik printsipiga amal qiladi”, deyiladi munosabatda.

Rasmiy munosabatda ushbu xodimlarning shaxsi ochiqlanmagan.

Kun.uz’ning aniqlik kiritishicha, selektor vaqtida “qoʻlga tushgan” bu amaldor Kattaqoʻrgʻon shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Abdurahmon Alimov boʻladi. U ushbu lavozimiga tayinlanishidan oldin shahardagi Oqoltin mahallasida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Boshliqning quchogʻida oʻtirgan ayol kim ekani va qanday lavozimda ishlashi esa aniqlanmagan.

Bu tizim xodimlarining axloqsizligi bilan bogʻliq ilk holat emas. Soʻnggi paytlarda bunga oʻxshash holatlar koʻp fosh boʻlib qolyapti.  

Mavzuga aloqador