03.12.2024 10:51
642

AQSh Xorazmda etim qizlarni zoʻrlab kelgan sobiq amaldorlarga nisbatan sanktsiyalar kiritdi


AQSh Moliya vazirligi Oʻzbekistonning ikki sobiq davlat xizmatchisi va mehribonlik uyi sobiq rahbariga inson huquqlarini jiddiy buzgani uchun sanktsiyalar kiritdi. Gap «Xorazm ishi» boʻyicha Urganchdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlikda ayblanganlar haqida ketmoqda.
AQSh Xorazmda jinsiy jinoyatlarda ayblangan sobiq amaldorlarga nisbatan sanktsiyalar kiritdi


AQSh Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy jinoyatlarda ayblangan oʻzbekistonlik uch nafar sobiq amaldorga qarshi sanktsiyalar eʻʻlon qildi. Bu haqda Gazeta.uz AQSh Moliya vazirligi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasiga (OFAC) tayanib xabar qildi.

Mehribonlik uyining sobiq rahbari Yulduz Xudaybergenova, Xorazm viloyati adliya boshqarmasining sobiq boshligʻi Oybek Masharipov va Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar boshqarmasining sobiq boshligʻi Anvar Kuryazovlar «odam savdosi va gender zoʻravonlik, jumladan, davlat mehribonlik uyidagi bolalarga nisbatan jismoniy va jinsiy zoʻravonlik»da ayblangan.

«Yulduz Xudaybergenova, Anvar Kuryazov va Oybek Masharipovlar davlat xizmatchisi boʻlib ishlaganlarida muntazam ravishda jismoniy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik va bolalar savdosi bilan shugʻullangan. Xudaybergenova davlat mehribonlik uyi direktori boʻlib turgan vaqtida kamida uch nafar voyaga etmagan qizni kamida 10 oy davomida pul va mol evaziga olti erkak bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan. U ularning itoatkorligini taʻʻminlash uchun jismoniy zoʻravonlik, tahdid, ochlik va izolyatsiyadan foydalangan. Masharipov va Kuryazov mehribonlik uyi uchun „sovgʻa“ evaziga bolalar bilan jinsiy aloqa qilishni talab qilgan va shu maqsadda muassasaga muntazam tashrif buyurgan», — deyiladi xabarda.

Uchalasi ham butun dunyo boʻylab inson huquqlarining jiddiy buzilishiga masʻʻul shaxslarni nishonga oladigan global Magnitskiy qonuni sanktsiyalari roʻyxatiga kiritildi.

Ushbu shaxslarning AQShda joylashgan yoki amerikalik shaxslarning nazorati ostidagi barcha aktivlari va mulkiy manfaatlari muzlatiladi. Ularning ulushi 50% yoki undan yuqori boʻlgan har qanday kompaniyalar ham bloklanishi mumkin.

Shu bilan birga, bu shaxslarga AQSh Davlat departamenti tomonidan viza cheklovlari qoʻyildi.

Rossiyalik huquq maslahatchisi Sergey Magnitskiy nomi bilan atalgan qonun 2012 yilda uning tergov izolyatoridagi oʻlimiga aloqador shaxslarni jazolash uchun qabul qilingan. Toʻrt yil oʻtgach, qonun «global» maqomini oldi va AQShga butun dunyo boʻylab inson huquqlarini buzuvchilar va korruptsionerlarga qarshi viza va moliyaviy cheklovlarni joriy etish imkonini berdi.