16.12.2024 09:32
AQSh AES uchun texnik hamkor tanlashda ehtiyot boʻlishga chaqirdi
AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik mamlakat hukumatini birinchi AES uchun texnik hamkor tanlashda ehtiyot boʻlishga, “texnologiyalarning eng yaxshi kombinatsiyasini taʻʻminlay oladigan kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga chaqirdi. Shunimngdek, u Vashingtonning Toshkent bilan hamkorlik qilishga tayyorligini taʻʻkidladi.
AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik mamlakat rasmiylarini birinchi atom elektr stantsiyasi uchun texnik hamkor tanlashda “ehtiyot boʻlishga” chaqirdi, deb yozmoqda "Izvestiya". U ushbu ogohlantirishni atom energetikasi boʻyicha anjumanda tilga olgan.
“Albatta, hamkorlarni tanlash Oʻzbekistonga bogʻliq. Biz texnologiyani tadqiq qilish va ishlab chiqishda juda ehtiyot boʻlishga, respublika uchun texnologiyalarning eng yaxshi kombinatsiyasini taklif qiladigan, xavfsizlik va boshqa masalalar boʻyicha yaxshi obroʻga ega boʻlgan texnik hamkorlarni tanlashga chaqiramiz", - dedi Jonatan Xenik.
Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat uchun yukni muvozanatlash imkonini beradigan qayta tiklanadigan manbalar va atom energiyasi simbiozini olish nihoyatda muhim. Amerika diplomatik missiyasi rahbari, shuningdek, “texnologiyalarning eng yaxshi kombinatsiyasini taʻʻminlay oladigan kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga” chaqirdi, xususan, Vashingtonning Toshkent bilan hamkorlik qilishga tayyorligini taʻʻkidladi.
Shu yilning may oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Jizzax viloyatida olti blokli kam quvvatli atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha kelishuv imzolangan edi. Iyunʻ oyi boshida boʻlgʻusi qurilish boʻyicha birinchi yigʻilish boʻlib oʻtdi, xususan, «Oʻzatom» va «Rosatom» vakillari qoʻshma loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan maydonni koʻzdan kechirdi.
Birinchi blok 2029 yilda ishga tushishi mumkin, stantsiyaning umumiy quvvati 330 MVtni tashkil qiladi.
Rossiya bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning 25-majlisi chogʻida Rossiya tomonidan Oʻzbekiston hududida kam quvvatli atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha loyiha hujjatlari hozirdanoq ishlab chiqilayotganini va boʻlajak stantsiya joyida tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlanganini maʻʻlum qildi.
Mintaqa uchun jang
Aholining oʻsishi va sanoat rivojlanishi sharoitida Markaziy Osiyo energiya tanqisligiga duch kelmoqda. Rossiya yadro texnologiyalari eng foydali va samarali ekanligini taʻʻkidlab, mintaqada atom va gidroelektr stantsiyalarini qurishni taklif qilmoqda.
Bunga javoban AQSh boshchiligidagi Gʻarb davlatlari ekologik xavfsizlik hamda shamol va quyosh elektr stantsiyalaridan foydalanishga tayangan holda yashil energiya kontseptsiyasini faol ravishda ilgari surishga harakat qilmoqda.
Qozogʻistonda ham atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha muzokaralar 10 yildan beri davom etmoqda. Mamlakatda referendum oʻtkazildi, unda respublika fuqarolari atom elektr stantsiyasi qurilishini qoʻllab-quvvatladi. Biroq konsortsium va pudratchining shakli hali aniqlanmagan. Ushbu loyihaga Rossiya, Gʻarb davlatlari, shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreya qiziqish bildirgan.