14.07.2025 14:26
38
AOKA tugatildi, uning oʻrniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etiladi
AOKA tugatildi, uning oʻrniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoevning yangi farmoni bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyati tugatildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.
Muhim yoʻnalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida “komplaens” tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa shaffoflikni taъminlash, ijro intizomini mustahkamlash va korruptsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Ayrim yoʻnalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi. Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.
Bundan davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilishi koʻzlanmoqda.