Antaliyada yashovchi rus ayol Islomni qabul qildi
Turkiyaning Antaliya viloyati Gazipasha shahrida turmush oʻrtogʻi bilan yashovchi Rossiya fuqarosi Olʻga Karabash Islom dinini qabul qilish istagi bilan tuman muftiyligiga murojaat qildi, deya xabar berdi TRT.
Muftiylik vakillari uning uchun Islomni qabul qilish marosimini uyushtirdilar.
Qayd etilishicha, tuman muftiysi Faxri Bashar Olʻgaga Islom taʻʻlimoti va tamoyillari asoslari haqida soʻzlab bergan, shundan soʻng u Shahodat kalimasini keltirib, Yagona Iloh – Allohga va Muhammad alayhissalom Uning elchisi ekanligiga iymon keltirgan.
Islomni qabul qilishi bilan rus ayoli ismini Olʻgadan Oyaga (inja, nozik, zarif degan maʻʻnolarni anglatadi – Azon Global) oʻzgartirishga qaror qildi.
Islomni qabul qilish marosimi Faxri Bashar tomonidan oʻqilgan duo bilan yakunlandi. Oxirida u yangi diniy qabul qilgan muslima ayolga Qurʻʻoni karim sovgʻa qildi va bu Muqaddas Kitob uning hayotda yoʻlboshchisi boʻlishini soʻradi.